Prezident maktabiga respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi sinf bitiruvchilari orasidan iste’dodli va iqtidorli bolalar tanlov asosida qabul qilinadi. Prezident maktabi faoliyatining birinchi yilida o‘quvchilar istisno tariqasida 6–10-sinflarga ham qabul qilinadi.

Kirish sinovlari bir necha bosqichda amalga oshirilishi mumkin.

O‘qishga qabul qilish Qabul to‘g‘risidagi nizom asosida, tenghuquqlilik tamoyillariga asoslangan holda, qabul va tanlovning yagona talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda kirish sinovlari natijalari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar qabul qilinadi.

O‘quvchilarni ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda o‘tkaziladigan kirish testlari natijalari asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kirish imtihonlarini o‘tkazishda qonuniylik, tenglik va ochiqlik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Cambridge Assessment mutaxassislari taklif etiladi.

2020 – 2021 yillarda Prezident maktablari reja asosida yurtimizning Buhoro, Samarqand, Jizzah, Far’gona va Qashqadaryo viloyatlarida ochilishi kutilmoqda.

2020 – 2021 yangi oʻquv yili uchun hujjat topshirish tartibi va qabul talablari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot tez kunlarda eʼlon qilinadi.