Ochiq muloqot davomida Agentlik direktori Hilola Umarova, direktor o'rinbosari Amirulla Abdullayev va yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar barcha savollarga javob berishdi. Quyida yo'llangan bir nechta savollar va ularning javoblarini taqdim etamiz:
Savol: Farzandim ingliz tili fan Olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan. Lekin, biologiya fanidan yillik bahosi 4. Uning ingliz tili bo‘yicha erishgan yutug‘i inobatga olinadimi?
Javob: Prezident maktabiga hujjat topshirayotgan talabgorning sinflar kesimida belgilangan fanlardan yillik baholari 5 bo‘lishi kerak. Olimpiada va boshqa qo‘shimcha sertifikatlar hech qanday imtiyoz bermaydi.
Savol: Prezident maktablariga imtihon topshirish uchun 400 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirish kerak deb eshitdim, shu to‘g‘rimi?
Javob: Bu ma'lumot noto‘g‘ri. Prezident maktablariga imtihon topshirish mutlaqo bepul.
Savol:Kirish imtihonlari 3 tilda olib boriladi deyilmoqda. Bu har ikkala bosqichga ham tegishlimi?
Javob: Ha, imtihon tilini har ikki bosqichda ham talabgorning o‘zi tanlaydi.